Ketaver, sen baribir meni tushunmaysan
Men senga kerakmas, shuni tan ola olsang bas,
Lek tan ololmaysan
Va’dalar, yuragmni zabt etgan lablar,
Yolg‘onmidi ular?
Men esa ishonar edim ularga. Nega?

(*a)Chunki seni sevardim jonimdan ortiq,
Ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, shartlaringga ko‘nib,
Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim,
Sen buni bilmaysan, Nega?

(*b)Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding?
Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding.
Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim,
Sen buni bilmaysan yana!

Balki sen ham meni so‘gingandirsan?
Shunday deb o‘zimni har kun ovutaman,
Sen buni bilmaysan, Nega?

(*a)(*b)

O‘tar kunlar, armonga yengilgan yillar,
Nahot sevgim xazon, orzularim yakson,
Voz kecholding oson?

Yog‘ganda yomg‘irlar, eslab meni qiynar
Men seni unutdim o‘ksinib tunlar,
Ko‘zda yosh qolmadi, umidlarim so‘ndi .
Sen buni bilmaysan, Nega?

(*b)